Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida kutubxona faoliyatiga oid soʻrovnoma oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 16-sentyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida kutubxona faoliyatiga oid soʻrovnoma oʻtkazildi.
🟦Soʻrovnoma davomida talabalarga axborot-kutubxona xizmatlari, kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirishga oid savollar berildi. Oʻquvchilar soʻrovnomada oʻz fikr-mulohazalari, taklif va istaklarini yozma tarzda bayon etdilar.
💬Mazkur soʻrovnoma orqali talabalarning kutubxona faoliyatiga munosabati, qiziqishlari va takliflarini oʻrganish hamda kelgusidagi ishlarni yanada takomillashtirish uchun zarur fikrlarni shakllantirish maqsad qilindi.


