Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xodimlariga "Yig‘ma elektron katalog" tizimidan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.
Joriy yilning 4-iyun kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularqa ishlov berish xodimlari tomonidan Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xodimlariga «Yig‘ma elektron katalog (catalog.unicat.uz) tizimidan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi. Mahorat darsi davomida foydalanuvchilarni tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni bosqichma-bosqich taqdimotlar asosida tushuntirildi. Xususan, saytga kirish, shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, login va parol yaratish tartiblari batafsil yoritib berildi. Shuningdek, elektron katalog orqali kitoblarni qidirish, bibliografik ma’lumotlar bilan tanishish hamda elektron xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etildi.
