Abdulla Qahhorning hikoyalarga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 9-sentabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bir asar tarixi” shiori ostida buyuk hikoyanavis adib Abdulla Qahhorning hikoyalarga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
🔄Davra suhbatida Abdulla Qahhorning hayoti, ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda hikoyalarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Adibning “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor”, “Dahshat”, “Sinchalak” kabi mashhur asarlarida insoniy fazilatlar, jamiyatdagi turli muammolar, mehr-oqibat, halollik, adolat va hayotiy haqiqatlar o‘ziga xos mahorat bilan aks ettirilgani ta’kidlandi.
🗣Mazkur davra suhbati kitobxonlarda o‘zbek adabiyotining nodir durdonalariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, buyuk adiblarimizning ijodiy merosini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni kitobsevarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.


