Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyalar to‘plami taqdimoti tashkil etildi.
“Dahshat” hikoyalar to‘plami taqdimoti
Joriy yilning 22-sentabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Do‘stlik tuman bo‘limi ko‘chma kutubxonasining faol kitobxon xodimlari ishtirokida o‘zbek xalq yozuvchisi🔺 Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyalar to‘plami taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir davomida adibning hayoti va sermazmun ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berilib, uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yozuvchining 💬“Dahshat” hikoyasi mazmuni va unda ilgari surilgan g‘oya ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
Taqdimot so‘ngida hikoya yuzasidan 🔴bahs-munozara va savol-javob tashkil etilib, kitobxonlar o‘z fikr va taassurotlarini bildirdilar. Qizg‘in fikr almashuvlar orqali asarning mazmun-mohiyati yanada chuqurroq ochib berildi.
✅Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan tadbir kitobxonlarda Abdulla Qahhor ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kitobxonlikni targ‘ib etishga xizmat qildi.


