9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Sharaf lentalari” tarqatildi.
Joriy yilning 8-may sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar hamda tashrif buyuruvchilarga 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Sharaf lentalari” tarqatildi.
📌Mazkur tashabbus orqali yurtimiz tinchligi va ozodligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, faxriylarimizga ehtirom koʻrsatildi. Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, inson qadri va vatanparvarlik tuygʻularining ahamiyati haqida ham tushunchalar berildi.


