7-umumiy o'rta talim maktabi 9-sinf o'quvchilari ishtirokida kitobxonlik doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 2-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oltin vodiy MFY da joylashgan 7-umumiy o'rta talim maktabi 9-sinf o'quvchilari ishtirokida kitobxonlik doirasida davra suhbati tashkil etildi. Unda Abdulla Qahhorning "Jinlar bazmi" kitobiga sharh berildi. Sharh davomida adibning hayoti va ijod yoʻli haqida ham qisqacha ma'lumotlar berilib o'tildi va tumanda qad roslagan zamonaviy axborot-kutubxona markazi, yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va adabiyotlar haqida ham ma'lumotlar berib oʻtildi.


