5-sonli DMTTdagi ko‘chma kutubxona fondidagi kitoblar yangilanib, almashtirildi.
Joriy yilning 17-sentyabr sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlarning badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini yanada qondirish maqsadida do'stlik tuman 5-sonli DMTTdagi ko‘chma kutubxona fondidagi kitoblar yangilanib, almashtirildi.
✅Ko‘chma kutubxonadagi avvalgi adabiyotlar o‘rniga yangi, mazmunan boy va qiziqarli kitoblar joylashtirildi. Mazkur adabiyotlar kitobxonlarning qiziqishlari, ehtiyojlari hamda yosh toifalaridan kelib chiqib tanlandi.
✨ Ushbu ishlar aholining, ayniqsa, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda kitoblarni kitobxonlarga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

