21-may — Kutubxonachilar kuni munosabati bilan maktab kutubxonachilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Doʻstlik tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida 21-may — Kutubxonachilar kuni munosabati bilan maktab kutubxonachilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kutubxonachilarning bilim va salohiyatini oshirish, ular oʻrtasida hamkorlik va doʻstona muhitni mustahkamlashdan iborat boʻldi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtgan oʻyin yakunida faol hamda bilimdon jamoalar munosib taqdirlandi. Gʻolib jamoalarga:
🥇 1-oʻrin uchun — 200 ming soʻm,
🥈 2-oʻrin uchun — 150 ming soʻm,
🥉 3-oʻrin uchun — 100 ming soʻm pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, har bir kutubxonachining kutubxonachilik faoliyatidagi samarali mehnati eʼtirof etilib, ularga qimmatbaho sovgʻalar hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat va unutilmas taassurot ulashdi.


