2025-yil yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-yil yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🟣2026-yil 3-fevral kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi mas’ullari ishtirokida 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida o‘tgan yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar muhokama etildi.
Jarayonlarda bo‘lib o‘tgan qizg‘in savol-javoblar kutubxonachilik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazining kelgusi faoliyat yo‘nalishlari, oldinda turgan vazifalar hamda istiqbolli rejalarni amalga oshirish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.




