2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-“B” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kutubxona – ziyo maskani” nomli sayohat tashkil etildi.
Hademay o‘quvchilar yozgi ta’tilga chiqishlari munosabati bilan ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-“B” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kutubxona – ziyo maskani” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxonaning faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi hamda kutubxonaga a’zo bo‘lish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni va yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi.


