2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida kitob sharhi o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-mart sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida kitob sharhi o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarga “Noxot polvon” ertak kitobi tanishtirilib, asarning mazmuni, qahramonlari hamda undagi ibratli jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kitob sharhi davomida o‘quvchilarning diqqatini jamlash va faolligini oshirish maqsadida qiziqarli, diqqatni jamlovchi o‘yinlar ham tashkil etildi. O‘quvchilar jarayonda faol qatnashib, ertak qahramonlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Mazkur kitob sharhi o‘quvchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi



