2-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 4-sinf oʻquvchilariga kutubxona faoliyati va mavjud qiziqarli adabiyotlar haqida maʼlumot berildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 22-yanvar kuni 2-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 4-sinf oʻquvchilariga kutubxona faoliyati va mavjud qiziqarli adabiyotlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, oʻquvchilarga kutubxonaga aʼzo boʻlish qoidalari, kitob olish tartibi ham tushuntirildi. Sinf rahbarlari bilan hamkorlikda, o‘quvchilarni kutubxonaga sayohatlarga olib kelish masalasi ham muhokama qilindi.
Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va kutubxona bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


