15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisi Ulug‘murodova Sevaraga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 9-sentabr sanasida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisi Ulug‘murodova Sevaraga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
🟡Tashrif davomida maktab kutubxonasi faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondini tartibga solish va undan foydalanish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish hamda bibliografik axborot berish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
🗣Shuningdek, kutubxona hujjatlarini yuritish, kitoblarni hisobga olish va joylashtirish, kitobxonlar bilan ishlashni takomillashtirish hamda kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida maktab kutubxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

