14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abduvoxidov Davron kutubxona fondini boyitish maqsadida kitob hadya qildi.
Joriy yilning 3-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida faol kitobxonlarimizdan biri, 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abduvoxidov Davron kutubxona fondini boyitish maqsadida kitob hadya qildi.
📚Kitob — ma’naviyat va bilim manbai. Yosh kitobxonimizning ushbu ezgu tashabbusi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kutubxona fondini boyitish hamda boshqa yoshlarni ham kitobga mehr qo‘yishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏛Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi Abduvoxidov Davronga samimiy minnatdorchilik bildirib, o‘qish va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
