14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 20-fevral sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Amaliy yordam davomida kutubxona ishini samarali tashkil etish, kitob fondini tartibga solish, o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, hujjatlarni yuritish tartibi, ko‘rgazmalar tashkil etish va yangi adabiyotlarni targ‘ib qilish yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Mazkur amaliy-uslubiy yordam kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish va kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

