1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
2026-yil 30-aprel kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktab kutubxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, adabiyotlarni tartibga solish, kitoblarni saqlash va hisobga olish tizimini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kitobxonlar bilan ishlash, ularni mutolaa jarayoniga keng jalb etish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha zarur uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Bundan tashqari, kutubxonachiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion xizmat turlarini joriy etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida muhim tavsiyalar berildi.
Ushbu amaliy yordam maktab kutubxonasi faoliyatini samarali tashkil etishga hamda o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.



